Agat Credit va UB Assets Holding 60 mln dollarlik dollar obligatsiyalarini birjaga çiqardi
“Toşkent” RFB maʼlum qilişiça, AQŞ dollarida ifodalangan yana ikkita korporativ obligatsiya çiqariluvi birja kotirovkalaş varağiga kiritildi va 6-oktabrdan savdoga çiqdi. Çiqariluvlarning umumiy hajmi — 60 mln dollar.
Agat Credit (TSE: ACMT2B1U) 10 mln dollarlik obligatsiya çiqardi: nominal qiymati 100 dollar bölgan 100 000 dona. Kupon — yillik 11,5 foiz, har oy tölanadi, muomala muddati — ikki yil.
UB Assets Holding (TSE: UASH3B1U) 50 mln dollarlik obligatsiya çiqardi: nominal qiymati 50 000 dollar bölgan 1 000 dona. Kupon — yillik 8,5 foiz, har 90 kunda tölanadi, muomala muddati — uç yil.





