«Aloqabank» aksiyalari uçinçi kun ketma-ket 13,39 foizga oşib, AVEXni 1,56 foizga kötardi
25-noyabrda AVEX indeksi 1,56 foizga oşib, 6 511,9 punktga yetdi. «Aloqabank»ning oddiy aksiyalari indeksga 119,5 punkt qöşdi — bu indeksning butun ösişidan (99,9 punkt) köp. 28 ta qimmatli qoğoz narxi oşdi, 30 tasi pasaydi, asosiy savdo maydonçasidagi aylanma 4,5 mlrd sömni taşkil etdi.
«Aloqabank» aksiyalari 2,34 sömda oçilib, 13,39 foiz ösiş bilan 2,54 sömda yopildi: 213,9 mln sömlik 941 ta bitim, ularning heç biri kunlik hajmning 5 foizidan oşmadi. 20-noyabrdan beri qoğoz 33,7 foizga qimmatlaşdi.
Aylanmaning 61 foizi — 2,7 mlrd söm tovar-xomaşyo birjasiga töğri keldi. Soat 10:06 da 167 684 ta aksiyalik 1,75 mlrd sömlik 10 ta bitim 10 400–10 500 sömdan, yaʼni keçagi yopilişdan 19,9 foizgaça past narxda ötdi. Keyin narx tiklandi va aksiyalar 2,16 foiz pasayiş bilan 12 700 sömda yopildi.





