«Aloqabank» aksiyalari ikkinçi kun ketma-ket 12,56 foizga oşib, AVEXning 1,77 foizlik ösişining 89 foizini berdi
24-noyabrda AVEX indeksi 1,77 foizga oşib, 6 412,0 punktga yetdi. 111,7 punktlik ösişning 99,6 punktini «Aloqabank»ning oddiy aksiyalari, yana 14,3 punktini uning imtiyozli aksiyalari berdi. 34 ta qimmatli qoğoz narxi oşdi, 29 tasi pasaydi, asosiy savdo maydonçasidagi aylanma 2,6 mlrd sömni taşkil etdi.
«Aloqabank» aksiyalari 2,05 sömda oçilib, birinçi soatdayoq 2,30 sömgaça kötarildi va 12,56 foiz ösiş bilan 2,24 sömda yopildi: 167,8 mln sömlik 813 ta bitim. Ikki kunda qoğoz 17,9 foizga qimmatlaşdi. Bankning imtiyozli aksiyalari 9,09 foizga oşib, 5,16 sömga yetdi.
Aylanmaning 38 foizi — 971,3 mln söm tovar-xomaşyo birjasiga töğri keldi, uning yarmidan köpini soat 13:01 da 12 600 sömdan 42 193 ta aksiyalik bitta blok berdi. Yopilişdagi 12 980 sömlik bitimlar birja aksiyalarini 2,20 foizga oşirdi.





