Obligatsiyalar aylanmasining yarmidan köpi ikki haftadan keyin söndiriladigan Agat Credit emissiyasiga töğri keldi
Sömdagi korporativ obligatsiyalar aylanmasi yettita emissiya böyiça 37 ta bitimda 48,1 mln sömni taşkil etdi, bu oldingi sessiyadagidan 45,8 foiz kam. 11-noyabrda söndiriladigan Agat Credit kompaniyasining ACMT1B3 emissiyasi böyiça 12 ta bitimda 25,9 mln sömlik savdo böldi, u nominalning 101,00 foizida yopildi.
Imkon Finans kompaniyasining IFMT4 emissiyasi bitta bitimda 14,4 mln sömga nominalning 103,00 foizida sotildi — bu 26-oktabrdagi oldingi bitimdan 5,50 foiz past, söndirilişgaça daromadlilik 23,95 foizni taşkil etdi. Korporativ obligatsiyalar örtaça kupon stavkalari indeksi AWACRI özgarmay, 19,80 foizda qoldi.





