Özbektelekom aksiyalari töqqiz oylik hisobot kuni 7,24 foizga qimmatlab, savdoda yetakçi böldi
Özbektelekom aksiyalari 29-oktabrda 7,24 foizga qimmatlab, 22 499,20 sömga çiqdi va 785,2 mln sömlik aylanma bilan eng köp savdo qilingan aksiya böldi: kompaniya şu kuni töqqiz oylik hisobotini eʼlon qildi, unga köra sof foyda 4,3 barobar oşgan. Eng köp Ipoteka-bank aksiyalari qimmatladi — 13,64 foizga, 6,00 sömgaça. Avesta aksiyalar indeksi (AVEX) 2,13 foizga ösib, 5 634,5 punktda ketma-ket ikkinçi kun rekord darajada yopildi; yil boşidan buyon indeks 142,88 foizga ösgan.
Aksiyalar savdosi hajmi 9 046 ta bitimda 3 132,4 mln sömni taşkil etdi: 28 ta aksiya qimmatladi, 27 tasi arzonladi, 6 tasi özgarmadi. Aylanma böyiça ikkinçi örinda UzNIF aksiyalari böldi — 627,9 mln söm, narxi 6,70 sömda özgarmay qoldi. Bir kun oldin 18,38 foizga qimmatlagan «Özmetkombinat» aksiyalari 423,5 mln sömlik aylanmada 0,28 foizga arzonlab, 8 555,00 sömga tuşdi, «Kvarts» aksiyalari esa 3,07 foizga arzonlab, 3 222,00 sömga tuşdi.





