Open Bankda egalik tuzilmasi qayta taşkil etiladi: holding kapitalni 96,1 foizga kamaytirişni maʼqulladi
Open Bankning holding kompaniyasi “Future Open Technology Group” AJ (FOTG) aksiyadorlari 5-noyabrdagi navbatdan taşqari umumiy yiğilişda yirik korporativ qayta taşkil etişni maʼqulladi. Bu 17-noyabrda eʼlon qilingan muhim faktdan maʼlum böldi.
Tasdiqlangan rejaga köra, FOTG öziga tegişli Open Bank aksiyalarining barçasini “Open Global” MÇJ ustav kapitaliga kiritadi. Bitim yakunlangaç, bankning bevosita aksiyadori Open Global böladi.
Bundan taşqari, FOTG ustav kapitalini 492 000 000 ta aksiyani, yaʼni ustav kapitalining 96,1 foizini qaytarib sotib oliş va bekor qiliş hisobiga 512 mlrd sömdan 20 mlrd sömgaça kamaytirişni maʼqulladi. Bu aksiyalar “Investment Development Textile” MÇJ (450 006 000 ta) va Şerzod Taşpulovga (41 994 000 ta) tegişli. Ikkala qaror ham 100 foiz ovoz bilan qabul qilindi.
Oktabrda Open Bank Özbekistonda birinçi bölib islomiy bank faoliyati litsenziyasini oldi, 26-oktabrda esa Xususiy sektorni rivojlantiriş islom korporatsiyasi (ICD) bilan 10 mln dollargaça bölgan moliyalaştiriş liniyasi böyiça niyat bayonnomasini imzoladi.
Natijada Open Bankning bevosita aksiyadori Open Global böladi, FOTG esa bank aksiyalari evaziga Open Globaldan uluş oladi. Qaytarib sotib olişdan söng FOTGda egalari muhim faktda körsatilmagan 20 000 000 ta aksiya qoladi. Qaror Open Bank islomiy bank faoliyatiga kirganidan köp ötmay qabul qilingani guruhning bank biznesi va egalik tuzilmasi kengroq qayta qurilayotganidan dalolat berişi mumkin.





