S&P «Özsanoatqurilişbank» reytingi böyiça prognozni «Barqaror»gaça yaxşiladi va suveren reyting «BB+»gaça oşirilganidan söng «BB−/B» reytinglarini tasdiqladi
S&P Global Ratings 25-noyabrda «Özsanoatqurilişbank» reytingi böyiça prognozni «Salbiy»dan «Barqaror»ga özgartirdi va bankning uzoq hamda qisqa muddatli reytinglarini «BB−/B» darajasida tasdiqladi. Qaror Özbekistonning suveren reytingi 20-noyabrda «BB+»gaça oşirilganidan söng qabul qilindi. Agentlik yaqin 12 oy içida bank reytinglarining oşirilişini ehtimoldan yiroq deb hisoblaydi.
S&P hukumatning bankka favqulodda yordam körsatiş imkoniyati va tayyorligi oşişini kutmoqda. Bundan taşqari, bankning 2026-yildagi çoralari aktivlar sifatini barqarorlaştirişi kerak: bank direktiv kreditlaşni töxtatdi va balansdagi undirilgan köçmas mulk hajmini 31-avgustdagi 3,9 trln sömdan 30-oktabr holatiga 2,6 trln sömgaça qisqartirdi.
Milliy standartlar böyiça bankning 2026-yil töqqiz oyidagi sof foydasi 12,9 foizga kamayib, 1,21 trln sömni taşkil etdi. Uçinçi çorakdagi foyda ötgan yilgi 577,4 mlrd sömga nisbatan 101,9 mlrd sömni taşkil etdi, kredit va lizing böyiça yöqotişlar uçun zaxira xarajatlari esa 4,8 barobar oşib, 9,7 trln sömga yetdi.





