Özbekiston zaxiralari oktabrda kamaydi. Valyuta zaxirasi bir yilda ikki baravardan köproq qisqardi.
Markaziy bank maʼlumotlariga köra, Özbekistonning xalqaro zaxiralari oktabrda 2,96 mlrd dollarga kamayib, 1-noyabr holatiga 63,63 mlrd dollarni taşkil etdi.
Oltin zaxirasi 14,34 mln troy unsiyadan 14,58 mln troy unsiyagaça oşdi, biroq bir unsiya qiymati 5,0 foizga pasaydi. Natijada oy oxirida zaxiralardagi oltin qiymati 2,04 mlrd dollarga kamaydi.
Valyuta zaxiralari oktabrda 921 mln dollarga qisqarib, 5,01 mlrd dollarga tuşdi. Bu ketma-ket uçinçi oylik pasayiş.
Bir yilda umumiy zaxiralar 7,2 foizga oşdi, valyuta zaxiralari esa ikki baravardan köproq, 54,1 foizga qisqardi. Oltin zaxiralarning 91,2 foizini taşkil etgani uçun oltin narxining tiklanişi Markaziy bankning valyuta zaxiralarini oşirmagan holda umumiy körsatkiçni kötarişi mumkin.





