AGAT CREDITning 10 mln dollarlik obligatsiyalari çiqarilişi röyxatdan ötkazildi: ikki yil, yillik 11,5 foiz, APEX Insurance suğurta polisi
18-sentabrda AGAT CREDITning 10 mln dollarlik, ikki yillik, yillik 11,5 foiz kuponli dollar obligatsiyalari çiqarilişi röyxatdan ötkazildi. Bir hafta oldin, 11-sentabrda, Universal bankning xuddi şu hajm va muddatdagi, 8,5 foizli dollar çiqarilişi röyxatdan ötkazilgan.
AGAT CREDIT çiqarilişi «APEX Insurance» AJning 12,3 mln dollarlik suğurta polisi bilan taʼminlangan, bu çiqariliş hajmining 123 foizini taşkil etadi. Universal bank va Asia Alliance Bankning dollar obligatsiyalarida taʼminot yöq.
ILMA maʼlumotiga köra, Özbekistonda xorijiy valyutadagi korporativ obligatsiyalarning birinçi çiqarilişi 10-sentabrda röyxatdan ötgan Asia Alliance Bankning uç yilga 7 foizdan 20 mln dollarlik çiqarilişi böldi. AGAT CREDITning sömdagi ACMT1B3, ACMT2B4 va ACMT2B5 çiqarilişlari böyiça kupon yillik 27, 26 va 25 foizni taşkil etadi.





