AVEX ketma-ket yettinçi sessiyada rekord darajada yopildi
Avesta aksiyalar indeksi (AVEX) 22-oktabrda 0,01 foizga oşib, 5 419,5 punktga yetdi va ketma-ket yettinçi sessiyada rekord darajada yopildi. Yil boşidan buyon indeks 133,62 foizga ösdi. «Özmetkombinat» aksiyalari 2,14 foizga qimmatlab, 7 150,00 sömga, SQB aksiyalari 2,13 foizga qimmatlab, 48,00 sömga çiqdi, «Özbektelekom» aksiyalari esa 1,91 foizga arzonlab, 20 598,00 sömga, Ipak Yöli Bank aksiyalari 3,14 foizga arzonlab, 305,00 sömga tuşdi.
Aksiyalar savdosi hajmi 9 438 ta bitimda 2 198,1 mln sömni taşkil etdi: 31 ta aksiya qimmatladi, 30 tasi arzonladi. Eng köp savdo Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi (URTS) aksiyalarida böldi — 415,8 mln söm, undan keyin «Özbektelekom» — 328,8 mln söm.





