AVEX ketma-ket töqqizinçi sessiyada rekord darajada yopildi
Avesta aksiyalar indeksi (AVEX) 26-oktabrda 0,23 foizga oşib, 5 437,4 punktga yetdi va ketma-ket töqqizinçi sessiyada rekord darajada yopildi, yil boşidan buyon indeks 134,39 foizga ösdi. «Kvarts» aksiyalari 6,82 foizga qimmatlab, 3 100,01 sömga, Aloqabank aksiyalari 3,26 foizga qimmatlab, 0,95 sömga çiqdi, Biznesni rivojlantiriş banki aksiyalari esa 4,79 foizga arzonlab, 81,50 sömga, Özbekiston sanoat-quriliş banki aksiyalari 3,01 foizga arzonlab, 48,00 sömga tuşdi.
Aksiyalar savdosi hajmi 9 103 ta bitimda 3 849,1 mln sömni taşkil etdi, bu oldingi sessiyadan 2,4 foiz kam: 30 ta aksiya qimmatladi, 25 tasi arzonladi. Eng köp savdo Ipoteka-bank aksiyalarida böldi — 887,8 mln söm, undan keyin Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi — 795,6 mln söm.





