4-noyabrda korporativ obligatsiyalar aylanmasi 117,2 mln sömni taşkil etdi
4-noyabrda eng faol savdo qilingan korporativ obligatsiya Contact Finance kompaniyasining CTFB3 emissiyasi böldi: beşta bitimda 41,5 mln sömlik obligatsiya nominalning 104,00 foizida sotildi, söndirişgaça daromadlilik 18,93 foizni taşkil etdi va xuddi şu muddatli davlat obligatsiyalaridan 775 bazis punkt yuqori böldi. Undan keyin Agat Credit kompaniyasining ACMT2B5 emissiyasi turdi: nominalning 110,50 foizida 30,3 mln sömlik savdo, daromadlilik 17,88 foiz. Eng köp bitim, 17 ta, 11-noyabrda söndiriladigan Agat Credit ACMT1B3 emissiyasi böyiça amalga oşirildi.
Aylanma 11 ta emissiya böyiça 71 ta bitimda 117,2 mln sömni taşkil etdi. Oldingi sessiyada u 6 501,5 mln söm bölgan edi: öşanda Uzum Sarmoya UZUMS3B2 emissiyasi böyiça bitta 5 896,1 mln sömlik bitim aylanmaning 90,7 foizini bergan edi. Eng yuqori daromadlilik Imkon Finans IFMT4 (25,11 foiz) va Delta DMMT2B (23,09 foiz) emissiyalarida qayd etildi. Korporativ obligatsiyalar örtaça kupon stavkalari indeksi AWACRI özgarmay, 19,80 foizda qoldi.





