Avgustda inflyatsiya 6,2 %ga sekinlaşdi
Avgustda isteʼmol narxlari 0,2% oşdi, yillik inflyatsiya iyuldagi 6,4% dan 6,2% ga tuşdi. Dekabrga nisbatan narxlar 3,4% yuqori, 2025-yilning şu sakkiz oyida bu 4,5% edi.
Sekinlaşuv xizmatlarda töplangan. Yanvar–avgustda xizmatlar 4,7% qimmatlaşdi, bir yil avval 12,0% edi; yillik körsatkiç 6,4%, 2025-yil avgustida 16,2% edi. Tovarlar — 6,1%, bir yil avval 6,6%.
Oy içida oziq-ovqat va alkogolsiz içimliklar 0,4%, transport 0,4% qimmatlaşdi, soğliqni saqlaş 0,1% arzonlaşdi. Benzin 1,9%, propan 5,8% oşdi; 2025-yil avgustiga nisbatan 20,2% va 41,4%. Kommunal tariflar avgustda özgarmadi; «uy-joy xizmatlari, suv, elektr va gaz» bölimi 2025-yil avgustidan 11,9% yuqori.
Meva-sabzavotsiz inflyatsiya oyiga ham 0,2%, yiliga 6,6% ni taşkil etdi. Yillik körsatkiç Markaziy bankning 2026-yil uçun 6,5% prognozidan past va 5% inflyatsiya maqsadidan yuqori.





