Fitch Anor Bank reytinglarini «CCC» gaça pasaytirdi: bankning asosiy aksiyadori Interpol orqali qidiruvga berildi
Fitch Ratings bir oy içida ikkinçi marta Anor Bank reytinglarini pasaytirdi. Agentlik 2026-yil 8-oktabrda bankning uzoq muddatli emitent defolt reytinglarini «CCC+» dan «CCC» gaça, hayotiylik reytingini «ccc+» dan «ccc» gaça tuşirdi va reytinglarni «Salbiy» Rating Watch röyxatiga kiritdi. Bu reytinglar yana pasaytirilişi mumkinligini bildiradi.
Sabab — bank egasi. Bankning nazorat uluşiga ega aksiyadori Qahramonjon Olimov Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi. Fitch asosiy şaxs bilan boğliq xatar oşganini körmoqda: aksiyadorga qarşi sud işi bank kapitaliga kömakni susaytirişi va obrö xatarlarini kuçaytirişi, bu esa kontragentlar işonçini pasaytirişi mumkin.
Zaif nuqta — kapital. Bankning MHXS böyiça asosiy kapitali 2025-yil oxirida riskka tortilgan aktivlarning 0,9 foizigaça tuşdi. Tiklaş rejasi 2026-yil oxirigaça 5 foizni közlaydi, biroq u aynan şu aksiyadordan katta hajmda kapital kiritilişiga tayanadi, Fitch esa uning bajarilişida jiddiy noaniqlik körmoqda.
Ikkinçi xatar — moliyalaştiriş. Fitch kontragentlar işonçi pasayişi va bozordagi mavqe zaiflaşişi sababli vaziyat bankning biznes yuritişi, foydaliligi va moliyalaştiriş barqarorligini sezilarli susaytirişi mumkinligidan ogohlantiradi. Likvidlik sezilarli yomonlaşib, ustuvor (senior) majburiyatlar böyiça defolt xatari yuqori bölsa, reytinglar yana pasaytiriladi. Bank hayotiyligini yöqotsa, uning hayotiylik reytingi «f» gaça tuşişi mumkin.





