«Ipak Yöli» banki OeEB, CDP va Allianz Global Investors kompaniyasidan 80 mln dollarlik klub kreditini jalb qildi
Bitimni yetakçi taşkilotçi sifatida tuzgan londonlik Emerging Markets Global Advisory (EMGA) press-relizida maʼlum qilişiça, «Ipak Yöli» banki Avstriya taraqqiyot banki (OeEB), Italiyaning taraqqiyotni moliyalaş instituti CDP va Allianz Global Investors kompaniyasidan 80 mln dollarlik klub kreditini jalb qildi. Mablağlar bankning kiçik va örta biznes, ayollar tadbirkorligi hamda «yaşil» moliyalaştiriş böyiça portfellarini yanada kengaytirişga yönaltiriladi.
«Ipak Yöli» banki boşqaruv raisi Umidjon Xakimovning sözlariga köra, bitim bankning moliyalaştiriş manbalarini yanada kengaytiradi va Özbekistondagi mijozlar hamda biznesni köproq qöllab-quvvatlaş imkonini beradi. Moliyalaştirişda yetakçilik qilgan OeEB mablağlar mikro, kiçik va örta biznes, «yaşil» investitsiyalar hamda ayollarga tegişli korxonalarni qöllab-quvvatlaşga sarflanişini maʼlum qildi.
EMGA 2024-yil dekabrida «Ipak Yöli» banki uçun OPEK Xalqaro taraqqiyot jamğarmasidan 30 mln dollar jalb qilgan edi — bu EMGA uçun Özbekistondagi birinçi bitim bölgan. Bank 1990-yil dekabrida taşkil etilgan.





