Bitta bitim Oltin Yulduz Plusning yangi obligatsiya emissiyasining yarmini qamradi. Asosiy maydonçada aylanmaning deyarli barçasi Asakabank obligatsiyalari böyiça bitta bitimga töğri keldi.
Asosiy maydonçadan (main board) taşqarida nominal böyiça tuzilgan 10,0 mlrd sömlik bitta bitim Oltin Yulduz Plusning 6-noyabrda birjaga çiqqan, hajmi 20 mlrd söm va kuponi 26 foiz bölgan birinçi birja obligatsiyalari emissiyasining yarmini qamradi.
Asosiy maydonçada sömdagi obligatsiyalar aylanmasi 46 ta bitimda 1 078,9 mln sömni taşkil etdi. Şundan 1 040,0 mln sömi Asakabankning ASAK4B5 emissiyasi böyiça nominalning 104,00 foizi narxidagi bitta bitimga töğri keldi, bu 9-noyabrdagi oldingi bitimdan 2,80 foizga past.
Avestaʼning örtaça tortilgan kupon stavkalari indeksi AWACRI 0,04 foiz punktga pasayib, 19,77 foizga tuşdi.





