AVEX indeksi ketma-ket beşta rekord yopilişdan söng 0,51 foizga pasayib, 6 024,2 punktga tuşdi
4-noyabrda indeks pasayişiga eng katta hissani Özbektelekom aksiyalari qöşdi: ular 5,71 foizga arzonlab, 23 101 sömga tuşdi va indeksni 20,8 punktga pasaytirdi. Hamkorbank, Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi va Çilonzor buyum savdo aksiyalari birgalikda indeksni yana 37,9 punktga pasaytirdi. Aloqabank aksiyalari 7,29 foizga qimmatlab, 1,03 sömga çiqdi va indeksga 36,4 punkt qöşdi, bu boşqa aksiyalardagi pasayişning qariyb yarmini qopladi.
Asosiy maydonçadagi (main board) aylanma 35,8 foizga oşib, 14 670 ta bitimda 7 240,5 mln sömni taşkil etdi: 26 ta aksiya qimmatladi, 35 tasi arzonladi. Bundan taşqari, asosiy maydonçadan taşqarida muzokaraviy bitim (nego) tuzildi: Ipak Yöli Bankning 6,58 mlrd dona oddiy aksiyasi, yaʼni umumiy sonining 10,9 foizi, har biri 10,30 sömdan, jami 67 734,1 mln sömga sotildi. Bu bitim asosiy maydonça aylanmasida ham, asosiy maydonçadagi yopiliş narxlariga asoslangan AVEX hisob-kitobida ham hisobga olinmaydi. Ipak Yöli Bankning asosiy maydonçadagi yopiliş narxi 312,80 sömni taşkil etdi.





