Xizmatlar oltinni ortda qoldirib, eng yirik eksport moddasi böldi
2026-yil yanvar–iyul oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd dollarni taşkil etdi va bir yil oldingiga nisbatan 8,1 foizga oşdi. Eksport 3,6 foizga kamayib 19,9 mlrd dollarga, import 17,8 foizga ösib 29,6 mlrd dollarga yetdi, salbiy saldo esa 4,44 mlrddan 9,67 mlrd dollargaça kengaydi.
Eksportdagi butun pasayiş oltin hissasiga töğri keladi. Nomonetar oltin eksporti bir yil oldingi 7,59 mlrd dollarga qarşi 2,80 mlrd dollarni taşkil etdi, uning eksportdagi uluşi 36,7 foizdan 14,1 foizga tuşdi. Qolgani ösdi: oltinsiz tovar eksporti 27,7 foizga köpayib 9,8 mlrd dollarga yetdi.
Xizmatlar 35,3 foizga ösib 7,33 mlrd dollarga yetdi va 36,8 foiz uluş bilan eksportning eng yirik moddasiga aylandi — bir yil oldin bu örin oltinda edi. Xizmatlar tarkibida sayohatlar 53,8 foiz, transport 31,7 foiz, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari 8,5 foizni taşkil etadi.
Eng yirik savdo hamkori — Xitoy: 11,26 mlrd dollar aylanma yoki umumiy hajmning 22,7 foizi, undan keyin Rossiya 8,13 mlrd dollar va 16,4 foiz bilan. Eng keskin özgariş Gonkongda: u bilan aylanma bir yil oldingi 85,2 mln dollarga qarşi 776,8 mln dollarga ösdi.





