Özbekistonning joriy operatsiyalar hisobi 2026-yilning birinçi yarmida 6,2 mlrd dollar taqçillik bilan yakunlandi
Özbekistonning joriy operatsiyalar hisobi 2026-yilning birinçi yarmida 6,2 mlrd dollar taqçillik bilan yakunlandi, bir yil oldin esa 0,1 mlrd dollar profitsit qayd etilgan edi. Oltin eksporti qisqargani sababli umumiy eksport 8,6 foizga kamayib, 15,4 mlrd dollarni taşkil etdi, oltinsiz tovarlar eksporti esa 27 foizga, xizmatlar eksporti 45 foizga ösdi. Import 24 foizga köpayib, 28,8 mlrd dollarga yetdi, savdo balansi taqçilligi ikki baravar oşib, 13,4 mlrd dollarni taşkil etdi; uni birlamçi daromadlar saldosi (1,9 mlrd) va ikkilamçi daromadlar saldosi (5,3 mlrd) qisman qopladi.
Taqçillik asosan töğridan-töğri, portfel va boşqa investitsiyalar hisobidan moliyalaştirildi. Töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarning sof kirimi 2,3 mlrd dollarni, portfel investitsiyalarning sof jalb qilinişi esa qariyb 2 mlrd dollarni taşkil etdi.
1-iyul holatiga taşqi qarz 84,1 mlrd dollarni taşkil etib, davlat (41,7 mlrd dollar) va korporativ (42,4 mlrd dollar) qarz örtasida deyarli teng taqsimlangan. Zaxira aktivlari 63,8 mlrd dollarni taşkil etdi, şundan oltin — 55,8 mlrd dollar; ular yil boşidan 2,5 mlrd dollarga kamaydi: oltin 0,7 mlrd dollarga oşgan bölsa, boşqa zaxira aktivlari 3,2 mlrd dollarga qisqardi. Sof xalqaro investitsiya pozitsiyasi yil boşidan 34 foizga qisqarib, 13,3 mlrd dollarga tuşdi.





