ÖzIQMK 300 mlrd sömlik ön yillik obligatsiyalarni 16,6 foiz bilan röyxatdan ötkazdi
«Özbekiston ipotekani qayta moliyalaştiriş kompaniyasi» 25-sentabrda 300 mlrd sömlik obligatsiyalarni röyxatdan ötkazdi: nominali 1 000 000 sömdan 300 000 ta qoğoz, joylaştiriş nominal böyiça yopiq obuna usulida. Foiz daromadi yillik 16,6 foiz, tölov 40 ta çorakli oraliq davrda, muomala davri 2036 yil 14 sentabrda tugaydi — ön yil muddat.
Joylaştiriş davlat röyxatidan ötgan kundan 90 kun davom etadi: qarorda körsatilgan tijorat banklari va moliya taşkilotlari doirasida yopiq obuna, jalb qilingan anderrayter orqali. Obligatsiyalar nominal böyiça joylaştiriladi, tölov faqat sömda.
Çiqarilişni töliq muddatidan oldin söndiriş közda tutilmagan, ammo kuzatuv kengaşi joylaştirilgan obligatsiyalarning 25 foizigaça qismini 28-, 32- va 36-oraliq davrlar yakunida söndirişga haqli. Bu kompaniyaning şu yildagi uçinçi röyxatdan ötkazişi: 25-iyunda 700 mlrd söm, 24-avgustda 1 103,8 mlrd söm.





