UzNIF portfel kompaniyalarining dastlabki IPOlarini 2027-yilda, birinçi dividendlarini esa 2028-yilda kutmoqda
Özbekiston Milliy investitsiya jamğarmasi (UzNIF) portfel kompaniyalarining dastlabki ikkita IPOsini 2027-yilda ötkazişni rejalaştirmoqda, eng istiqbolli nomzodlardan biri esa «Özbektelekom». Jamğarmani boşqaruvçi Templeton Global Investments kompaniyasining Markaziy Osiyo böyiça boş ijroçi direktori Marius Dan bu haqda 22-oktabrda «Gazeta»ga bergan intervyusida maʼlum qildi. Keyingi uç yilda portfeldagi oltita kompaniyaning IPOsi rejalaştirilgan va portfel asosan birjada savdo qilinadigan aktivlardan iborat böladi.
Jamğarma birinçi dividendlarini 2028-yilning birinçi yarmida tölaydi. Ular portfel kompaniyalari 2026-yil yakunlari böyiça 2027-yilda jamğarmaga tölaydigan dividendlar hisobidan şakllanadi, şu sababli joriy yil natijalari tölovlarning eng past darajasini belgilaydi. Jamğarma dividend daromadliligi prognozini eʼlon qilmagan.
SQBning 2026-yilda tölanişi kerak bölgan 2025-yil uçun dividendlaridan voz keçişiga jamğarma bank foydani qayta investitsiya qilişi uçun istisno sifatida rozilik bergan. Bunday qarorlar har bir holatda alohida qabul qilinadi, umuman olganda esa jamğarma foydaning 50 foizini tölaşni töğri muvozanat deb hisoblaydi.





