UzNIF aksiyalari sentabrda ham sof aktivlar qiymatidan qimmat savdolandi, ustama 5,89 foizni taşkil etdi
Özbekiston Milliy investitsiya fondi (UzNIF) aksiyalari sentabr yakunida ham ikkala birjada fondning sof aktivlari qiymatidan qimmatroq savdolandi, biroq ustama bir oy avvalgidan kiçikroq böldi. Bu haqda fondni boşqaruvçi Franklin Templeton tayyorlaydigan oylik hisobotda maʼlum qilingan. «Toşkent» RFBdagi aksiyalar oy davomida 2,07 foizga arzonlaşib, 6,61 sömga, Londondagi global depozitar tilxatlar esa 4,11 foizga arzonlaşib, 35,00 dollarga tuşdi. Sof aktivlar qiymatiga nisbatan ustama aksiyalarda 7,89 foizdan 5,89 foizgaça, tilxatlarda esa 6,42 foizdan 2,45 foizgaça qisqardi.
30-sentabr holatiga sof aktivlar qiymati bir aksiyaga 6,2421 sömni taşkil etdi, bu avgust oxiridagidan 0,22 foizga past. Portfeldagi 13 ta kompaniya hamon 2026-yil 30-iyun holatidagi baholaş hisobotlari böyiça hisobga olinmoqda, fond esa sentabrda 70,9 mlrd söm zarar kördi, şundan 19,4 mlrd sömi keçiktirilgan soliq majburiyatining oşişiga töğri keldi. Pul mablağlari 186,9 mlrd sömdan 18,5 mlrd sömgaça, amortizatsiyalangan qiymatdagi moliyaviy majburiyatlar esa 304,0 mlrd sömdan 173,2 mlrd sömgaça qisqardi.
Savdolar ikkala birjada ham sekinlaşdi. Toşkentda örtaça kunlik aylanma avgustdagi 932,6 mln sömdan sentabrda 435,9 mln sömga, London fond birjasida esa 5,1 mlrd sömdan 4,1 mlrd sömga kamaydi. May oyidagi IPOdan buyon aksiyalar 42,15 foizga, tilxatlar 40,00 foizga qimmatlaşdi.





