Tovar birjasi va Hamkorbank aksiyalarining ösişi AVEXni yana 6 000 dan yuqoriga olib çiqdi. Savdo aylanmasi uçdan bir qismdan köproq qisqardi.
AVEX indeksi 11-noyabrda 0,16 foizga ösib, 6 003,1 ga yetdi va 6-noyabrdan beri birinçi marta 6 000 dan yuqorida yopildi.
Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi aksiyalari 2,85 foizga qimmatlab, 12 960 sömga, Hamkorbankning imtiyozli aksiyalari esa 5,26 foizga qimmatlab, 169,01 sömga çiqdi. Bu ösiş SQB aksiyalarining 1,61 foizga, 61,20 sömgaça arzonlaşini hamda Özbektelekomning oddiy aksiyalari 1,58 foizga, imtiyozli aksiyalari 3,72 foizga arzonlaşini qopladi.
Qimmatlagan aksiyalar arzonlaganlaridan köp böldi: 33 taga qarşi 26 ta.
Savdo faolligi pasaydi. Asosiy maydonçadagi (main board) aylanma 37,6 foizga kamayib, 1 213,6 mln sömni taşkil etdi, uning beşdan bir qismidan köproği Özbektelekom va tovar birjasiga töğri keldi. Yil boşidan buyon AVEX 158,77 foizga ösdi.





