“Toşkent” RFB haftalik şarhi, 2026-yil 2–6-noyabr: AVEX ilk bor 6 000 marrasini zabt etdi, ösişning qariyb yarmini birgina Hamkorbank taʼminladi
AVEX hafta davomida 4,78 foizga ösib, 6 050,4 ga yetdi, 3-noyabrda esa ilk bor 6 000 dan yuqori yopildi. Ösişning qariyb yarmini bitta bank berdi: Hamkorbank haftaning 276,2 punktidan 133,6 punktini qöşdi.
Narxlar ortidan faollik ham oşdi: asosiy maydonçadagi aksiyalar aylanmasi 29,0 foizga köpaydi. Haftaning eng yirik bitimi asosiy maydonçadan taşqarida böldi. Muzokaraviy bitim orqali Ipak Yöli bankining oddiy aksiyalaridan 10,92 foizi har biri 10,30 sömdan ötdi, holbuki öşa kuni asosiy maydonçada aksiyalar 312,80 sömda yopilgan. Bitim tomonlari oşkor qilinmagan.
Obligatsiyalar bozorida korporativ obligatsiyalarning AWACRI indeksi böyiça örtaça kupon stavkasi özgarmay, 19,80 foizni taşkil etdi.





