AVEX ilk bor 6 000 punktdan yuqori yopildi va ketma-ket beşinçi kun rekord yangiladi, ösişni Hamkorbank berdi
Avesta aksiyalar indeksi (AVEX) 3-noyabrda 1,55 foizga ösib, 6 055,3 punktga yetdi. Ösişni Hamkorbank taʼminladi: uning oddiy aksiyalari 6,18 foizga qimmatlab, 116,80 sömga, imtiyozli aksiyalari 16,81 foizga qimmatlab, 139,00 sömga çiqdi va birgalikda indeksning 92,4 punktlik ösişidan 77,4 punktini berdi. Çilonzor buyum savdo aksiyalari 14,25 foizga ösib, yana 46,0 punkt qöşdi. Bu Ipoteka-bank aksiyalarining 8,33 foizga, 6,60 sömgaça arzonlaşini ortiği bilan qopladi.
Aksiyalar savdosi hajmi 12 578 ta bitimda 5 332,6 mln sömni taşkil etdi: 32 ta aksiya qimmatladi, 25 tasi arzonladi. Yil boşidan buyon indeks 161,02 foizga ösdi, ön ikki oyda esa deyarli uç baravar oşdi — 199,88 foiz.





